Xoland Angliyada yil futbolchisi deb tan olindi

Mirjalol Normatov
12 may 2023, 21:12
Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi yil futbolchisini aniqlashdi.

Unga ko'ra, 82 foiz ovoz to'plagan "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Ikkinchi va uchinchi o'rin "Arsenal" futbolchilariga nasib qildi - Bukayo Saka va Martin Edegor. Kuchli beshlikdan Kevin de Bryuyne hamda Markus Reshford ham o'rin oldi.

Xoland ushbu mavsum barcha turnirlarda 47 o'yinda 51 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal