Xojson Vardi Evro-2016ga qadar keyingi klubini tanlashini xohlayapti

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2016, 12:48
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson "Lester" hujumchisi Jeymi Vardi Yevropa chempionatiga qadar kelajagi borasida bir qarorga kelishini istamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Xojson futbolchilar bor e'tiborini turnirga qaratishini xohlayapti va Vardidan tezroq yakuniy qaror qabul qilishni talab qilmoqda.

Oldinroq "Arsenal" Vardini 23 mln. evro evaziga xarid qilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times