

Ma'lumotlarga ko'ra, yong'in o'chirilgan va qurbonlar bo'lmagan. Shanxay shahri hukumatining ma'lum qilishicha, "Xongkou" stadionidagi yong'in sabablari o'rganib chiqilmoqda.

"Sinxua" bergan ma'lumotlarga ko'ra, yong'in tribuna va maydonga zarar etkazmagan.

"Shanxay Shenxua" dunyodagi eng katta maosh to'lovchi klub hisoblanadi. Yillik 40 mln. evro sohibi argentinalik Karlos Teves. Jamoaga Gus Poyet bosh murabbiylik qilmoqda.



