Xitoyda tashkil etiladigan o'rtoqlik turnirida APL klublari qatnashadi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 23:40
Joriy yilning yoz oyida Xitoy yashil maydonlarida APLning 4ta jamoasi ishtirokida kichik o'rtoqlik musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur turnirda “Manchester Siti”, “Vest Xem”, “Nyukasl” hamda “Vulverxempton” klublari qatnashadi.

Premier-League Asia Trophy 2019 nomini olgan musobaqada jami to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. Ikkita yarim final o'yini 17-iyul sanasiga belgilangan bo'lsa, uchinchi o'rin uchun bahs hamda final to'qnashuvi 20-iyulda o'tkaziladi.

Shu kabi musobaqa bundan ikki yil avval ham o'tkazilgan bo'lib, unda “Liverpul" zafar quchgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com