Xitoy Superligasi o'z yulduzlarini yo'qotishi mumkin

30 yanv 2020, 23:51
Xorijlik futbolchilar yangi qoidalar tufayli mamlakatni tark etish niyatida.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Xitoy chempionatida chet elliklar uchun maoshni cheklash bo'yicha yangi qoidalar joriy etilganidan keyin, ko'plab yulduzlar ketishga qaror qilgan. Bular quyidagilar: Yaya Ture, Yannik Karrasko, Marko Arnautovich, Xalk, Maruan Fellayni va Mussa Dembele.

Xabar qilinishicha, ko'plab futbolchilar yozda Yevropaga qaytish yoki boshqa "boy" chempionatlarga o'tish variantlarini qidira boshlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports