Xitoy Kubogi. "Shanxay SIPG" finalda imkoniyatni boy berdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
26 noya 2017, 19:13
Xitoy Kubogining ikkinchi final uchrashuvi "Shanxay SIPG" stadionida bo'lib o'tdi.

"Shanxay Shenxua" jamoasi ilk uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuv oxirigacha g'alaba uchun kurashdi. O'yin 3:2 hisobida "Shanxay SIPG"ning g'alabasi bilan yakunlandi, biroq ilk uchrashuvda o'tkazib yuborilgan bitta gol "Shanxay Shenxua" Xitoy Kubogi g'olibi bo'lishini taminladi.

"Shanxay SIPG" - "Shanxay Shenxua" 3:2 (birinchi o'yin 0:1)

Gollar: Lu Venjun 15, Xalk 72, Moreno 77 (avtogol) - Sao Yunding 44, Obafemi Martins 68.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia