

Hamyurtlarimiz Egor Krimec va Igor Sergeev to'p tepayotgan "Beyjing Goan" klubi safarda "Guanchjou Evergrand" mehmoni bo'ldi.
O'yinda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. "Beyjing" safida Sergeev asosiy tarkibda maydonga tushdi va ikkinchi taymda o'z o'rnini Burak Yilmazga bo'shatib berdi. Egor Krimec esa to'liq o'ynadi.
26 iyul kuni javob o'yini "Beyjing" maydonida bo'lib o'tadi.
Xitoy Assotsiatsiyasi kubogi
Chorak final. Dastlabki uchrashuv
"Guanchjou Evergrand" - "Beyjing Goan" 2:1
Gollar: Gao Lin 10, 39 - Mei Fang 27 avtogol




