Xitoy. "Chanchun Yatai"da g'alaba, "Beyjing Goan" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2016, 18:55
Bugun Xitoy Superligasining 23-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.

Xitoy Superligasi. Musobaqa jadvali

Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z uyida "Yanbian"ni qabul qilib 1:0 hisobida zafar quchdi. Ismoilov o'yinda to'liq o'ynadi va sariq kartochka ishlab oldi. "Chanchun" 16 ochko bilan musobaqa jadvalining so'nggi 16-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 10 sentyabr kuni safarda "Shandong Luneng"ga qarshi o'tkazadi.

"Chanchun Yatai" - "Yanbian" 1:0
Gol:
Pei Shuai 58

Ikki nafar hamyurtimiz o'ynayotgan "Beyjing Goan" klubi esa safarda "Jiangsu Suning" mehmoni bo'ldi. Bahsda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Egor Krimec ham, Igor Sergeev ham uchrashuvda to'liq o'ynashdi. "Beyjing" 28 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi bahsni 9 sentyabr kuni safarda "Shanxay Ist Eysha"ga qarshi o'tkazadi.

"Jiangsu Suning" - "Beyjing Goan" 2:1
Gollar:
Rojer Martinez 45+3, 76 - Burak Yilmaz 10

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia