Xitoy tabobati Anzur Ismoilovni "tuzatib yubordi"

Narzulla Saydullayev
8 mar 2014, 19:30
Xitoy Superligasining yangi mavsumi boshlandi.
Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatay" klubi safarda "Beyjing Guan"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv taqdirini argentinalik Batalla tomonidan urilgan gol hal qildi - 1:0.

Xitoy tabobati hamyurtimiz Anzur Ismoilovni "davolab yubordi" shekilli. U bugun 90 daqiqa o'ynadi. Klub Anzurni O'zbekiston terma jamoasi o'yiniga qo'yib yubormadi. Bu holatni himoyachi jarohat olgan deb ko'rsatgan "Chanchun" FIFA tomonidan jazolanishini kutib qolamiz.

"Beyjing Guan" - "Chanchun Yatay" 1:0
Gol:
Batalla 67

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia