Xitoy superligasi. 18-tur. Legionerlarimiz ishtirokidagi o'yinlar

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 13:10
Xitoy superligasida 24-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra hamyurtlarimiz ishtirokidagi o'yinlarga e'tibor qilamiz.
"Beyczin Goan" o'z maydonida Sven Yoran Erikson boshchilik qilayotgan "Changsha Ginde"ni qabul qilib 6:0 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida hamyurtimiz Egor Krimec jarohat tufayli maydonga tushmadi. "Beyczin" 24ta o'yindan 40 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.

"Beyczin Goan" - "Changsha Ginde" 6:0
Gollar:
Shao Jiayi 13, Zang Xize 37, 56, 85, Utaka 70, 90+1.
Chetlatish: Ksu Bo 36 ("Changsha Ginde").

"Chanchun Yatai" esa safarda "Shaansi Chanba" mehmoni bo'ldi. Anzur Ismoilov mehmonlar safida to'liq harakat qildi. "Chanchun" ayni paytda 20 ochko bilan musobaqa jadvalining 15-pog'onasida bormoqda.

"Shaansi Chanba" - "Chanchun Yatai" 2:0
Gollar
: Rafa Jorda 74, 90+3.

"Jiangsu Seynti" o'z uyida "Tianjin Teda"ni qabul qilib 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Kamoliddin Tojiev uchrashuvni to'liq o'tkazdi. "Jiangsu" 26 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.

"Jiangsu Seynti" - "Tianjin Teda" 2:3
Gollar:
Sun Ke 49, Salixi 71 - K.Valensiya 60, 83, 86.

Shavkat Mullajonov to'p tepayotgan "Lyaoning Xongyun" safarda "Lubei Lyuyin"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Hamyurtimiz 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. "Lyaoning" hisobida 30 ochko mavjud, klub 7-o'rinda bormoqda.

"Xubei Lyuyin" - "Lyaoning Xongyun" 1:1
Gollar
: Yao Xanlin 42 - Chamanga 40.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia