Xiddink yoki Advokat Saudiya Arabistoni terma jamoasida ishlashi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 16:19
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rahbariyati argentinalik Edgardo Bausani ishdan haydaganidan so'ng milliy terma jamoa uchun yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rahbariyati Gus Xiddink va Dik Advokat nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Xiddink 2016 yildan beri ishsiz, Advokat esa noyabr oyida Gollandiya terma jamoasidan ketgan edi.

Oldinroq, George Xadji Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarishni istamagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Voetbalzone