Xiddink: "Inestaga xushtak chalganlar - insofsiz ekan"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2015, 10:47
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Gus Xiddink Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Andres Inestaga xushtak chalgan muxlislarni tanqid qildi.

Bu o'yinda del Boske shogirdlari 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Avvaliga hech narsaga tushunmadim. Bu sharmandalik. Inestaga xushtak chalganlar - insofsiz ekan. Bunday ajoyib futbolchiga behurmatlik qilish ahmoqlik. U finalda gol urgan, ammo sport shunday. Inestaga hurmatim cheksiz" - deydi Xiddink.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com