"Xetafe" prezidenti: "Biz Messini ijaraga olishga yaqin edik"

Alisher
21 may 2020, 11:54
"Xetafe" boshqaruvchisi Anxel Torres Sanches klub "Barselona" o'yinchisi Lionel Messini ijaraga olishga yaqin bo'lganini aytdi.

"Lionel "Barselona"ning asosiy jamoasida birinchi yoki ikkinchi yili o'ynayotganda uni ijaraga olishga yaqin edik.

Ammo, Frank Raykard bu bitimga rozilik bermagan", - deydi prezident.

Eslatib o'tamiz, Messi "Barselona"ning asosiy jamoasida 2005 yildan beri o'ynab keladi. Uning "ko'k-anorranglilar" bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2021 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca