Xesus Navas "Sevilya"ga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2017, 11:41
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Xesus Navas Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Yozda 31 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi yakuniga etadi va klub ispaniyalik bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas. Ma'lumotlarga ko'ra, "Sevilya" Navasni o'z safiga qaytarishga qiziqib qolgan.

Navas "Sevilya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yildan 2013 yilgacha klub safida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS