Xesus Navas kelasi mavsumni qaysi klubda o'tkazishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2017, 13:12
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Xesus Navas "Sevilya"ga o'tishga yaqin turibdi.

Futbolchi ispan klubi taklif qilgan shartnomani qabul qildi va yiliga 2 mln. evro ishlab topadi. Kelishuv yaqin vaqt ichida amalga oshadi.

Navas 2003-2013 yillarda "Sevilya" sharafini himoya qilgan. Bu vaqt davomida u ispan klubi safida 376 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 83 ta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS