Xerardo Martino: “Real”ning finalga chiqqanini bila turib xatoga yo'l qo'yishimiz mumkin emasdi”

13 fev 2014, 11:00
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino jamoasining Ispaniya Kubogi doirasida “Real Sosedad”ga qarshi o'tkazgan o'yini (1:1) xususida to'xtalib o'tdi (birinchi o'yin – 2:0).

“Ushbu mavsumda oldimizga uchta maqsad bor edi va ularning birinchisini bugun bajardik. Jamoa finalda ishtirok etish bo'yicha katta tajribaga ega. “Real”ning finalga chiqqanini bila turib xatoga yo'l qo'yishimiz mumkin emasdi.

“Sosedad”ga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik, ammo bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi. O'zimizni to'liq o'nglab olish uchun hali vaqt bor. Ayni paytda 50-70 daqiqatdan ham ko'proq vaqt mobaynida yuqori darajada futbol namoyish etishga qodirmiz.

Inestaning maydondagi poziciyasi? U o'z ishining ustasi, shunday ekan uni maydoning har bir qismida ko'rish mumkin”, - deya takidlaydi Martino.


Manba: sports.ru