
“Birinchi bo'limda hujumlarimizni ijobiy yakunlovchi o'yinchi topilmadi. To'p maydonda tezroq harakatlanishi kerak edi, ammo bu vaziyatda o'yinchilarimizga chaqqonlik yetishmadi.
Lekin oxir oqibat hisobni ochishga erishdik. Bu vaziyatda Messi ayni kerakli vaqtda yordamga yetib keldi. U erkin zonalardan qanday foydalanishni juda yaxshi biladi. Uning golli to'p uzatishlari sanat asarining o'zi edi.
O'yinda tarkibni maydon bo'ylab to'g'ri joylashtira olishga ham ko'p narsa bog'liq. Bazilar 90 daqiqa ajoyib o'yin ko'rsatishsa, bazilar 15 daqiqa atrofida o'ynay olishadi. Bugun Telo o'yinni yaxshi o'tkazdi, bu jamoa uchun ham uning o'zi uchun ham muhim. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi orta borayapti”, - deydi Martino.