Xerardo Martino: Biz hali hech nima yutganimiz yo'q

Narzulla Saydullayev
27 okt 2013, 07:03
Barselona ustozi Xerardo Martino Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan Realga qarshi o'yindan (2:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Real ikkinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqasida ustunlik qildi, ammo o'zgartirishlar o'z samarasini berdi.

Hakamlik? Xuddi oldingidek xatto ular bunga sabab bo'lishsa ham hakamlar haqida gapirishni istamayman.

Neymar ajoyib o'yin o'tkazdi, ammo menimcha Barselona safida bundan ham yaxshiroq o'yinlari bo'lgandi.

Messi gol ura olmadi? Butun jamoa to'pni olib qo'yish uchun himoyaga qaydi, bu men uchun muhimroq.

Men juda xursandman, ammo bu birgina o'yin, biz hali hech nima yutganimiz yo'q, – deydi Martino.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru