Xenderson va Grilish jarohat tufayli Angliya terma jamoasiga yordam berolmaydi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2021, 01:12
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt yarim himoyachilar Jordan Xenderson (Liverpul) va Jek Grilish (Manchester Siti) jarohat olgani hamda ular 15 noyabr kuni San-Marinoga qarshi JCH-2022 saralash o'yinini o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

"Xendo Albaniyaga qarshi o'yinda muammolarga duch keldi. Biz uning salomatligini o'ylashga qaror qildik.

Biz o'yinchilarni rentgenga jo'natdik, ular jiddiy shikastlanmagan, shu bois, umid qilamanki, ular tez orada safga qaytadi", - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo