Xenderson: "Chempionlar ligasidan keyin o'ynash qiyin bo'ldi"

7 iyun 2019, 19:20
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson Millatlar ligasi yarim finalida Gollandiyaga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng izoh berdi.

"Ikkita kerak bo'lmagan gol o'tkazib yubordik. Ofsaydga bog'liq vaziyatda omadimiz kelmadi. Gol urish uchun ajoyib imkoniyat edi. Eng yuqori notada o'yinni davom ettirayotgandik, so'nggi 15 daqiqada hammasini nazorat qilgan holda yutib ketishimiz mumkinligini his qilgandim. Lekin, qo'shimcha vaqtlarda ikkita keraksiz golllar qo'yib yubordik. 

Chempionlar ligasi finalidan keyin o'ynash qiyin bo'ldi. Ushbu o'yindan keyin jismoniy, ruhiy va hissiy jihatdan charchagandim", - deydi Xenderson.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com