Xummels koronavirusga chalindi

Alisher
9 mar 2022
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Mats Xummels kasallandi.

33 yoshli nemis futbolchisining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi, bu haqda Dortmund klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Oldinroq, "Borussiya"ning yana bir o'yinchisi Rafael Gerreyro ham koronavirus bilan og'rigandi.

Xummels joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: bvb.de