Xedira "Yuventus" bilan shartnoma bekor qilishi ortidan 3 mln evro olmoqchi

Alisher
16 sen 2020, 18:25
"Yuventus" va yarim himoyachi Sami Xedira shartnomani bekor qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.

33 yoshli o'yinchi shartnoma bekor qilinishi ortida klubdan 3 million evro miqdorida tovon puli so'ramoqda. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.

Germaniyalik futbolchining "keksa sinora" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi. Unga ko'ra Xedira bir yil uchun 6 million evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Sami "Yuventus"ga 2015 yilda Madridning "Real" klubidan o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira