Xedira yarim finalning ilk uchrashuvida o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2017, 07:42
Turining "Yuventus" klubi tunda YCHL chorak finalida "Barselona" to'sig'idan o'tdi.

O'yinda "Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira sariq kartochka oldi. Shu tariqa, germaniyalik futbolchi yarim finalning dastlabki uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.

"Yuventus"ning yarim finaldagi raqibi juma kuni bo'lib o'tadigan qur'adan so'ng ma'lum bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia