Xedira RPLga yo'l olishi mumkin

Eldor Akmurzayev
3 sen 2020
“Zenit” “Yuventus” yarimhimoyachisi Sami Xedira bilan qiziqmoqda, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist-insayder Nikola Skira.

Uning ma'lum bo'lishicha, Xedira jamoani tekinga tark etadi, hozirda tomonlar shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib bormoqda.

Xedira 2015 yildan buyon “Yuve” sharafini himoya etib kelmoqda. 33 yoshli xavbek shu vaqtga qadar turinliklar libosida 145 o'yinda maydonga tushib, 21+13 natija ko'rsatishga erishgan.

Qayd etish joiz, Sami Xedira 2014 yil Germaniya termasi bilan mundial g'olibligini qo'lga kiritgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru