Xedira jarohati tufayli 6 hafta, Sandro esa 3 hafta maydonga tushmasligi mumkin

Alisher
19 iyun 2020, 11:54
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira jarohati tufayli 6 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.

Turin klubi rasmiy sayti oldinroq 33 yoshli germaniyalik futbolchining jarohat olganini e'lon qilgan edi.

Shuningdek jamoa himoyachisi Aleks Sandro ham jarohat olgan. Uning 3 hafta maydonga tushmasligi taxmin qilinmoqda.

Xedira joriy mavsum "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Sandro esa 2019/20 yilgi mavsumda "keksa sinora" libosida 33ta o'yinda, 4ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia