Xayrulla Karimov: "O'yin tizginini o'z qo'limizda ushlab turdik"

Narzulla Saydullayev
27 noya 2019
Coca Cola Superliganing 25-turidan o'rin olgan AGMK - "Qizilqum" (4:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar yordamchi murabbiyi Xayrulla Karimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Havo sovuqligiga qaramay o'yin yaxshi bo'ldi. Uchrashuv boshida yigitlar biroz qizib olishguniga qadar biroz qiyin bo'ldi. Ammo keyin o'yin tizginini o'z qo'limizga olib, o'ylagan maqsadimizga erishdik va g'alaba qozondik. Yigitlarga rahmat aytamiz", - deydi Xayrulla Karimov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia