Xavining "Barselona"ga tayinlanishi mumkin bo'lgan sana ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2021, 20:15
"Barselona" Xavini jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashga yaqin turibdi.

Jurnalist Nikolo Skira o'zining Tvitter sahifasida kataloniyaliklar Qatarning "Al-Sadd" klubiga murabbiyni qo'lga kiritish uchun bir million evro tovon puli to'lashiga rozi bo'lganini yozdi.

Shu bilan birga, yana bir jurnalist Mateo Moretto Tvittyerda "Barselona" Xavini kelasi dushanba, 8 noyabr kuni tayinlashni rejalashtirayotgani haqida yozdi. Yosh mutaxassisning shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Ayni damda "Barselona"ni vaqtincha Serxi Barxuan boshqarmoqda. Uning qo'l ostida kataloniyaliklar shanba kuni "Selta"ga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurofootball