Xavi murabbiylikdagi ilk sovringa ega chiqdi

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 10:43
Ispaniyalik sobiq futbolchi Xavi murabbiy sifatida ilk sovrinini qo'lga kiritdi.

U boshqarayotgan "Al Sadd" jamoasi kecha 15-bora Sheyx Kubogini qo'lga kiritdi. "Al Sadd" sovrin uchun finalda "Al Duhayl" jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Qayd etish kerak, bu Qatar klubi tarixidagi 70-sovrindir. Xavi ushbu jamoa boshqaruvini bahor oyining oxirlarida qabul qilib olgandi va klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia