Xavi Zidanning rekordini yangiladi

Mirjalol Normatov
2 okt 2022, 10:10
"Barselona" Xavi boshqaruvida LaLigadagi 18 safar o'yinida mag'lub bo'lmadi.

Kataloniya klubi LaLiganing 7-turi doirasila "Malorka" maydonida 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Shu orqali jamoa Xavi boshqaruvida safarda 13 g'alaba va 5 durang bor. Xavi shu orqali 2016 yili "Real" boshqaruvidagi Zinedin Zidanning rekordidan o'zib ketdi. O'shanda Madrid klubi 13 g'alaba va 4 durang qayd etgandi.

"Barselona"ning LaLigadagi navbatdagi safar o'yini 16 oktyabr kuni "Real"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal