
Keyingi mavsumdan e'tiboran Xavi Qatarda "Al Sadd" jamoasi safida o'ynaydi. Uning yillik maoshi 10 million evroni tashkil etadi. Xavi Qatarga kelganida nafaqat "Al Sadd" klubi vakillari, balki Qatar futbol federatsiyasi rahbarlari bilan ham uchrashgan. Qatarliklar Xaviga "Aspire" futbol akademiyasida ish va keyinchalik Qatar terma jamoasini JCH-2022da boshqarish taklifi bilan chiqishgan - deb xabar bermoqda "AS" nashri.