Xavi yozda Al-Saddga o'tadi va yiliga 10 million evro maosh oladi

Narzulla Saydullayev
27 mar 2015, 09:00
Barselona yarim himoyachisi Xavi faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
Keyingi mavsumdan boshlab 35 yoshli futbolchi Qatarning Al-Sadd klubi sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub bilan 3 yillik shartnoma tuzadi.

Yangi jamoada Xavi yiliga 10 million evro maosh oladi.

Bundan tashqari u Qatarga JCH-2022ni o'tkazishda yordam beradi va murabbiylik kurslarida o'qiydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru