Xavi: “U menga Inestani eslatmoqda”

Eldor Akmurzayev
28 fev 2022, 09:45
“Barselona” ustozi Xavi kataloniyaliklar a'zosi Pedri haqida iliq fikrlar bildirdi.

“U menga Inestani eslatib yubormoqda. O'yinni tushunish qobiliyati, harakatlari, maydondagi joylashuvini nazarda tutmoqdaman. Sof istedod tomonlama Pedri hozirda dunyoda eng zo'ri. Aqlbovarqilmas o'yinchi, ochig'ini u kabilarni juda kam uchratganman”, deydi mutaxassis.

19 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada 7 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca