Xavi: Sanches Yevropadagi eng zo'r hujumchilardan biri, shunchaki...

Aziz Tukhtamuradov
17 dek 2016, 21:14
Al-Sadd futbolchisi Xavi Barselonadagi sobiq jamoadoshi Aleksis Sanchesning bu mavsumda Arsenalda ko'rsatayotgan o'yinlaridan hayron qolayotgani yo'q.

"Sanchesning ushbu mavsumda ko'rsatayotgan o'yini meni hayron qoldirayotgani yo'q. U Yevropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri. Shunchaki, buni endi-endi ko'rishmoqda.

U "Barselona" uchun ham muhim gollar kiritgan. Lekin, Kataloniyada yulduzlar juda ko'p edi. Shuning uchun, unga kam imkoniyat berildi.

Aleksis bunga o'z mehnatlari orqali erishdi", - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru