

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi FIFA kunlari payti asosiy jamoa mashg'ulotlariga Ronaldinyoning o'g'li 19 yoshli Joao Mendeshni jalb qildi. Mendeshdan tashqari yana bir necha yosh futbolchilar ham asosiy jamoa tarkibida mashq qilishmoqda. Ma'lumot uchun, Ronaldinyoning o'g'li o'tgan yili "Barselona" bilan shartnoma imzolagandi.




