Xavi "Real Madrid"dan uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Khoja
15 yanv 2024, 07:21
"Barselona" ustozi Xavi "Real Madrid"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

"Biz to'pga ko'proq egalik qilishimiz kerak edi, finalda bunday o'yin ko'rsatib bo'lmaydi. Himoyada yaxshi o'ynamadik, pressing qilishda xatolarga yo'l qo'ydik. Umuman olganda o'yini 0:2dan boshladik. Leva bitta gol urdi, biroq biz boshqa hech nima qila olmadik. 

Og'ir mag'lubiyat, qattiq xafamiz. Bu bizning mavsumdagi eng yomon o'yinimiz. Muxlislar oldida uyatlimiz, ulardan kechirim so'rashimiz kerak. Ayniqsa "El Klassiko"da bunday o'yin ko'rsatmasligimiz kerak edi",-deb fikr bildirdi Xavi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru