Xavi - Pikening qo'liga to'p tekkani haqida: "Bu erga VAR tizimini muhokama qilgani kelmaganman"

Mirjalol Normatov
28 noya 2021, 14:41
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi 15-tur doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o'yin vaqtida to'p himoyachi Pikening qo'liga tekkani haqida gapirdi.

"Hakamlar haqida gapirmayman. Bu juda qiyin ish. Bu erga VAR tizimi yoki hakamlikni gapirgani kelmaganman. Hakam bo'lish oson emas. Ularning ishini hurmat qilaman. Bazida hakamlar yordam berishadi, bazida zararga ishlashadi.

Emeri bilan qo'l siqishishni kutdim. Biroq uning harakatiga tushunmadim. Bunday holatlar bo'lib turadi. Keyinchalik qo'l tashlashib ketdik. Bu sportga hos", - dedi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal