Xavi: "Pep bilan solishtirishlar menga bosim yuklamoqda. Bu adolatdan emas"

Administrator
31 may 2023, 21:52
Murabbiyning fikricha Gvardiola figurasi bilan solishtirish unga halal bermoqda.

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi "Man Siti" ustozi Pep Gvariola bilan uni solishtirishlariga salbiy munosabatda ekanini ma'lum qildi.

"Pep Gvariola figurasi murabbiy sifatida menga bosim yuklamoqda. Bu narsa adolatdan emas.

Futbolchi bo'lganimda ham xuddi shunday holat yuz bergandi. Barchamiz bu narsani yig'ishtirib, o'z ishimizda davom etishimiz kerak", -deydi Xavi.

Ma'lumot uchun, Pep Gvardiola 2008-2012 yillar oralig'ida "Barselona"da ishlagan. Klub murabbiy bilan 14 ta sovrin yutgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Marca