Xavi: "O'yinchilar o'zlarini jamoa sifatida his qilishlari kerak"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021, 19:34
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xavi hozirda o'zining asosiy vazifasi nima ekanligi va qanday g'oyalari borligini aytdi.

– Sizning loyihangiz qachon ilk mevasini berishi mumkin?

- Biz allaqachon "Espanol" derbisi haqida o'ylashni boshlab yuborganmiz. G'alaba qozonishga tayyorlanyapmiz. Keyin esa undan keyingi o'yin haqida o'ylaymiz.

Rejalarni amalga oshirish uchun ko'p mehnat qilishimiz kerak. Bu o'rta va uzoq muddatli loyiha hisoblanadi.

- G'oyangiz qanday?

- Biz futbolchilarni qayta tiklashimiz kerak, shunda ular safga qaytib, o'zlarini bir jamoadek his qilishlari kerak bo'ladi. Bu g'oyani ularga singdirish lozim.

- Yetakchilar haqida nima deya olasiz?

- Ular rahbariyatda ham, xodimlarda ham bo'lishi lozim. Har kim jamoa uchun o'z hissasini qo'shishi kerak.

Bizda yetakchilar bor. Biz o'yinchilar uchun (yetakchilikni ko'rsatish uchun) bor kuchimizni beramiz. Messi o'ta kuchli yetakchi, lekin juda uyatchan edi, xuddi Andress Inesta singari. Puyol esa kiyinish xonasida ham, maydonda ham haqiqiy yetakchi bo'la olardi, - deydi Xavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo