Xavi: “Messi uchun “Barsa” eshiklari doimo ochiq”

Eldor Akmurzayev
20 mar 2022, 09:35
“Barselona” ustozi Xavi PSJ a'zosi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

“U tarixdagi eng zo'ri va “Barsa” eshiklari uning uchun doimo ochiq. Jamoa murabbiyi ekanman, u istalgan kuni mashg'ulotlarimizga kelishi yoki men bilan maslahatlashishi mumkin. Uning biz uchun qilgan ishlari bebahodir. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi, ammo uning PSJ bilan kelishuv bor. Messi ikki yillik shartnoma imzolagan”, deydi Xavi.

Messi joriy mavsum parijliklar libosida 26 o'yinda qatnashib, 7+11 natija ko'rsatib turibdi. Avvalroq, 34 yoshli forvard shamollagani tufayli bugungi “Monako”ga qarshi bahsni o'tkazib yuborish haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca