Xavi: Maxrez top klubga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 mar 2016
Al-Sadd yarim himoyachisi Xavi Lester yarim himoyachisi Riyad Maxrezning o'yiniga tarif berdi.

U juda ham kuchli o'yinchi. Undan oldingi mavsumda ham o'yinlarini ko'rgandim, bu mavsumda esa portladi.

Riyad APLda juda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda, g'aroyib o'ynamoqda.

Lesterda qilgan ishlari uchun faqat qoyil qolish kerak. U top klubga o'tishi mumkin, – deydi Xavi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com