Xavi Martines tog'da dam olayotgan vaqtda oyoq suyagini sindirib oldi

Tolibjon Qosimov
7 iyun 2017, 20:12
"Kicker" nashrining ma'lum qilishicha, "Bavariya"ning ispaniyalik universal o'yinchisi Xavi Martines mavsumoldi tayyorgarligining bir qismini o'tkazib yuborishi mumkin.

Gap shundaki, u tug'ilgan joyi bo'lmish Basklar yurtida tog'da sayr qilib yurgan chog' suyagini sindirib olgan. Jarohat tiklanish jarayonini qiyinlashtiradi. Hozirdan Martines "Bavariya"ning Xitoyda o'tadigan yig'inini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Kicker