Xavi Luis Enrike va Bartomeu bilan suhbatdan so'ng “Barselona”da qolmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2014, 19:54
“Barselona” yarim himoyachisi Xavi Ernandes o'z klubida faoliyatini davom ettirmoqchi.
Futbolchi “Nyu-York Siti” bilan muzokaralar olib borayotgan va MLSga o'tishga yaqin edi. Ammo Xavi kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeu va bosh murabbiy Luis Enrike bilan suhbatdan so'ng jamoada qolishga qaror qildi va jamoaga 25 iyul kuni qo'shiladi.

Enrike Xavidan nimalar kutayotganini ma'lum qilganidan so'ng, futbolchi uning qo'l ostida ishlashga rozi bo'ldi. Xavi hozircha “Nyu-York Siti”ga o'tish fikridan butunlay voz kechganicha yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com