Xavi: "Klub bilan shartnomam tugamaganicha "Barselona"dan ketmayman"
Aslanov Jasurbek
11 noya 2014, 18:30
"Barselona" yarim himoyachisi Xavi Ernandes klub bilan kelishuvi yakuniga etmagunicha jamoani tark etmasligini ta'kidladi.
"Klub bilan shartnomam tugamagunicha "Barselona"ni tark etmayman. Bitim yakunlanganidan so'ng qolganini o'ylab ko'ramiz. "Barselona"da o'ynab ketgan futbolchilar hozir bu klubni sog'inayotganini takidlaydi" - deydi Xavi.