

"Salbiy baho. Chempionlar ligasi bizga nisbatan qattiq munosabatda bo'lmoqda. Ikkinchi taymda ko'plab xatoga yo'l qo'ydik.
Endi barchasi o'zimizga bog'liq emas. Vaziyat juda qiyin.
Futbol - xatolar o'yini. Birinchi taymda gol o'tkazmadik, tanaffusga yaxshi kayfiyatda chiqib ketdik. Ammo keyin himoyadagi xatolarimiz qimmatga tushdi. Ertadan La Liga haqida o'ylaymiz. Achinarli", - dedi Xavi.



