Xavi Busketsning kelajagi haqida gapirdi

Alisher
11 apr 2023, 09:37
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoa sardori Serxio Busketsni kelasi mavsum Kataloniyada olib qolmoqchi.

“Buskets juda muhim futbolchi. U sardor va maydonda bo'lmasa ham jamoa uchun kerakli bo'lib qolaveradi. Men keyingi mavsum ham u jamoada qolishini istayman, ammo bu uning qarori”,-dedi Xavi.

Serxio Buskets va “Barselona” o'rtasidagi kelishuv shu yilning iyun oyida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com