Xavi: "Barsa"ga qaytganimdan afsusda emasman. Ammo Qatarda bosim kamroq edi"

Aziz Tukhtamuradov
9 iyun 2023, 08:02
Xavi "Barselona"da bo'layotgan stress va bosim haqida gapirdi.

"Oilam doimo muhim. Shuning uchun ham o'yin vaqtida boshimni 200 marotaba u tomonga aylantirib qarayman va ayolimning xotirjam ekanligini ko'raman. Va bu narsa menga ishonch beradi. Shuningdek aka-ukalarim va ota-onalarimni ham. 

"Barsa"ga qaytganimdan afsusda emasman, ammo Qatarda stress kamroq, bosim ham pastroq, oilamning xavfsizlik va xotirjamligi yaxshi edi. Biz kurortda yashardik. 

Bu yerda, Barselonada esa barchasi stress keltirib chiqaradi: klub, maktab, jadval... Biz boshni aylantirib yuboradigan darajadagi tempda yashaymiz", - dedi Xavi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca