

“Maqsadim Barselonada ishlash, lekin, kimga ham Angliya Premer-ligasi yoqmaydi? U yerdagi atmosfera, to'la stadionlar va ajoyib futbolchilar – bularning barchasi aql bovar qilmas darajada. Agar tanlash imkoniyati berilganida, shubhasiz, Manchester Siti, Chelsi, Londonning Arsenal yoki Tottenxem klublaridan birini tanlagan bo'lardim. Biroq, ushbu jamoalarning hozirgi murabbiylari faoliyatini yuqori darajada olib borishmoqda”, – deya qayd etgan 39 yoshli Xavi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik sobiq futbolchining qatarliklar bilan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.



