Xavi Alkantarani qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
12 noya 2021
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xavi rahbariyatga yana bir vazifa qo'ydi.

Jurnalist Pedru Almeydaning yozishicha, 41 yoshli mutaxassis "Liverpul" yarim himoyachisi Tyago Alkantarani jamoasi tarkibida ko'rishni istamoqda. Xavi 30 yoshli futbolchining ehtimoliy qaytishi borasida klub prezidenti Joan Laporta bilan gaplashib olgan.

Tyago "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008-2013 yillar davomida Kataloniya klubi tarkibida o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal