Xavi "Al Sadd"da qoladi (AS)

Sherzod Nurmatov
6 may 2021
Nashrning xabar berishicha, "Al Sadd" ustozi Xavi Qatar klubi bilan 2023 yilgacha shartnoma tuzadi.

Kelishuv shu hafta rasman e'lon qilinishi takidlanmoqda.

Xavi "Barselona"ga ketishga qaror qilgan taqdirda, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinadi va hech qanday tovon puli to'lanmaydi.

Oldinroq Kataloniya klubi 41 yoshli mutaxassisni bosh murabbiy lavozimiga taklif qildi, biroq Xavi hali kerakli tajriba to'plamaganini bildirdi.

Demak, AI Kass TV'ning kechagi xabari o'z tasdig'ini topmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS