​Xaver Zanetti: "Inter" ELda asosiy qahramon bo'lishi mumkin, sovrinlar yutadigan vaqt keldi"

17 dek 2018, 23:00
"Inter" vice-prezidenti Zanetti Yevropa Ligasi uchun o'tkazilgan qur'a natijalari haqida fikr bildirib o'tdi.

EL. 1/16 finalda "Inter" Avstriyaning "Rapid" klubi bilan bellashadi.

"Hammasi yaxshi o'tdi. Ammo, Yevropa Ligasida oson o'yinlar bo'lmasligini bilamiz. Qur'aning afzalligi shundaki, raqibimizga qarshi payshanba kuni o'tkaziladigan o'yinga borish uchun uzoq parvoz qilmaymiz. YCHLdan chiqib ketganimiz dilimizni xira qildi. Lekin, hozir e'tiborimizni ELga qaratishimiz kerak. Bu nufuzli musobaqa sanaladi".

"Turnirda kuchli jamoalar ko'p. Ushbu musobaqadagi muvaffaqiyat klubning obro'sini yanada oshirib yuboradi. Eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatib, finalga qadar yetib borishimizga umid qilaman. Turnir qahramoni bo'lishimiz mumkin, bizga sovrin yutish muhim", – dedi Xaver Zanetti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia